1

"MMM" invest tashkilotchisi Sergey Mavrodi olamdan o`tdi

Dunyo 26.03.2018, 16:43
"MMM" invest tashkilotchisi Sergey Mavrodi olamdan o`tdi

Moskvadagi kasalxonalarning birida 63 yoshida "MMM" invest tashkilotchisi Sergey Mavrodi olamdan o`tdi.

Moskva mahalliy OAVlari xabariga ko`ra, Mavrodi o`zini avtobus ostanovkasida yomon his qila boshlagan va 67 shahar kasalxonasiga etkazilgan .

Nashrlar xabariga ko`ra, Mavrodi bugun ertalab olamdan o`tgan.

Mavrodi o`limining dastlabki sababi sifatida yurak xuruji ko`rsatilmoqda.

Mavrodi boshchiligidagi MMM — Rossiyadagi eng mashhur moliyaviy piramidadir. U Ponsi sxemasi bo`yicha ishlaydi. Kompaniyaning birinchi iterasiyasi 1992 yilda tashkil kilingan va hukumatlar tomonidan 1997 yilda firibgarlikda ayblov bilan yopilgan.

2003 yilda Sergey Mavrodi 4,5 yilga firibgarlik jinoyati uchun qamalgan. Mavrodining moliyaviy piramidasidan 10 ming kishi jabrlangan deb tan olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1