1

2 millionga yaqin AQSh dollarini o`zlashtirgan firibgarlar qo`lga olindi

Jinoyat 26.03.2018, 16:52
2 millionga yaqin AQSh dollarini o`zlashtirgan firibgarlar qo`lga olindi

23 mart kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2017 yil 28 avgust kuni Chilonzor 9-daha 12-uy 22-xonada yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan B.Axatov “Elegant Trade Business” MChJ tashkil etib ushbu MChJga qarindoshi, 1984 yilda tug`ilgan J.Rahmonovni rahbar etib tayinlab, 2017 yil 30 avgust kuni Afsona ko`chasida joylashgan ofisida Ukraina Respublikasi fuqarosi, 1986 yilda tug`ilgan Ya.Pishak bilan 2.000.000 AQSh dollari miqdorida bo`lgan farmasevtika mahsulotlarini sotib olish bo`yicha shartnoma tuzgan.

Pullarni 90 kun ichida to`liq to`lab berishni va`ada qilib, 1.750.146 AQSh dollariga teng dori-darmon va farmasevtika mahsulotlarini olib, pulni kelishilgan muddatda bermasdan, 2017 yil 18 dekabr kuni o`z majburiyatlarini “Regas meva biznes” MChJ rahbari X.S.Yadgarovga o`tkazib berib, sotib olingan farmasevtika mahsulotlarini sotib savdodan tushgan 1.750.000 AQSh dollarini “Rnarm Produkt” MChJning qurilishiga investisiya tariqasida kiritib pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko`rsatilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Natijada J.Rahmonov ushlangan. B.Axatovni ushlash choralari ko`rilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1