1

Farg`onada aka o`z ukasini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 27.03.2018, 09:44
Farg`onada aka o`z ukasini pichoqlab o`ldirdi

Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida 25 mart kuni soat 22.30larda Islomobod MFY Mash`al ko`chasida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan Sh.S. uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashagan ukasi, 1986 yilda tug`ilgan D.S.ning chap ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada D.S. kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Sh.S. qo`lga olingan.

Shuningdek, Namangan viloyatining Norin tumanida 24 mart kuni soat 21.50larda Pastki Cho`ja MFY Istiqlol ko`chasida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan M.B. uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashovchi ukasi, 1991 yilda tug`ilgan M.D.ning chap ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan. M.B. qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1