AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari” «Matta fair 2018» xalqaro yarmarkasida

'“O`zbekiston havo yo`llari” «Matta fair 2018» xalqaro yarmarkasida'ning rasmi

O`zbekistonda turizmni rivojlantirish va ziyorat-sayohat yo`nalishlarni yanada keng ommalashtirish maqsadida Milliy aviakompaniyaning Kuala-Lumpur shahridagi vakolatxonasi Malayziyaning O`zbekistondagi elchixonasi hamda O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda Janubi-g`arbiy Osiyoda etakchi “MATTA FAIR 2018” xalqaro turistik yarmarkada ishtirok etishdi. Ushbu yarmarka 2018 yil mart oyining ikkinchi yarmida Malayziyaning poytaxtida bo`lib o`tdi.


Tashkilotchilarning ma`lumot berishicha, yarmarkada 1353 ta stend namoyish etilgan bo`lib unda 250 dan ortiq turistik kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishdi. 3 kun davom etgan yarmarkaga 106 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.

«Uzbekistan Airways»ning xizmatlari va aviasion imkoniyatlari Milliy aviakompaniya Kuala-Lumpur shahridagi vakolatxonasi hamda «IBC Tours and Travels» bilan hamkorlikda namoyish etildi. Yarmarka qatnashchilari o`rtasida Kuala-Lumpur-Toshkent-Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha ikkita aviachipta yutib olish bo`yicha tanlov o`tkazildi.

«MATTA FAIR» Yarmarkasi doirasida Milliy aviakompaniya vakillari, O`zbekistonning Malayziya elchixonasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillari Malayziya turindustiriya vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqbollari va shu yilning sentyabr oyida MATTA FAIR doirasida bo`lib o`tadigan turistik yarmarkalarda «Welcome to Uzbekistan” yagona brendi bilan qatnashish haqida kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar