O`zbekiston temir yo`llari Issiq ko`l yo`nalishida harakatlanayotgan poezdlarga chegirmalar e`lon qildi, deya xabar bermoqda matbuot xizmati.
2018 yilning 22 martidan boshlab 455-sonli "Toshkent — Rbache — Toshkent" halqaro poezdiga quyidagi chegirmalar joriy etildi.
Kupe va lyuks vagonlari uchun:
- Chiptalar poezd jo`nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa — 45%;
- Chiptalar poezd jo`nashidan 30- 6 kun avval xarid qilinsa — 35%.
Plaskart vagonlari uchun:
- Chiptalar poezd jo`nashidan 31-45 kun avval xarid qilinsa — 35%;
- Chiptalar poezd jo`nashidan 30-6 kun avval xarid qilinsa — 25%.
Agar yo`l chiptalari bitta mamlakat tasarrufida yurish uchun olinadigan bo`lsa, ushbu chegirmalar joriy etilmaydi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 22 martidan boshlab 455-sonli "Toshkent — Rbache — Toshkent" xalqaro poezdining muntazam harakati yo`lga qo`yilgan edi.






