Avstraliyaning Kvislend shtatidagi Xeygsli shahrida shahridagi xonadonlardan biriga kirib qolgan bo`g`ma ilon shippakni yutib yubordi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
20 mart kuni uy egasi rezina shippaklari yo`qolganligini sezdi. U shippakni kalamushlar sudrab ketgan bo`lsa kerak, deb o`yladi. Biroq qornida yo`qolgan shippak sezilib turgan bo`g`ma ilonga ko`zi tushdi.
Chaqiruv asosida etib kelgan mutaxassislar bo`g`ma ilonning rezina shippak yutganligini tasdiqlashdi. Ilon tutuvchilar shippakning ichiga kalamush yashiringanligi bois, ilon uni butunligicha yutib yuborganligini taxmin qilishdi.
Bo`g`ma ilon Brisben shahridagi veterinar klinikasiga olib kelinib, rentgenga tushirildi. Shifokorlar ilonni operasiya qilishga qaror qilishdi. U tuzalgandan keyin yana tabiat qo`yniga qo`yib yuboriladi.
Bunday bo`g`ma ilonlar zaharsiz bo`lib, ularni Avstraliya va Yangi Gvineyada ko`plab uchratish mumkin.






