AsosiyJamiyat

Qo`ng`irotlik tadbirkor yarim milliard so`m kredit olib, yangi bog`cha ochdi (foto)

'Qo`ng`irotlik tadbirkor yarim milliard so`m kredit olib, yangi bog`cha ochdi (foto)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog`istonga bo`lgan tashrifida joriy yilni Qoraqalpog`iston hududida maktabgacha ta`lim muassasasi yili deb e`lon qilinishi munosabati bilan Qo`ng`irot tumanidagi “Qo`ng`irot” qishloq fuqarolar yig`ini hududida yangi uy bog`chasi — “WINDKINDERS IN KUNGRAD” nodavlat ta`lim muassasasi ochildi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Bog`chaning tantanali ochilish marosimida bir qator mutasaddi tashiklotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

“WINDKINDERS IN KUNGRAD” nodavlat ta`lim muassasasi boshlig`i Abdullaeva Dilnoza “O`zsanoatqurilishbank” ATB Qo`ng`irot filiali tomonidan 500 mln so`mlik kredit olib, 25-o`rinli xususiy bog`cha sherikchilik asosida tashkil etildi.


    Boshqa yangiliklar