Yong`inlarda 5 nafar fuqaro halok bo`lgan va 11 nafari kuyish tan jarohati olgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong`inlarning 144 tasi yashash uylarida, 13 tasi tadbirkorlik sub`ektlarida, 2 tasi davlat tasarrufidagi ob`ektlarda va 5 tasi avtomobillarda sodir bo`lgan hamda 10 tasi ochiq maydonlardagi maishiy chiqindilarning yonishi bilan bog`liqdir. Yashash uylarida sodir bo`lgan yong`inlarning 75 tasi, ya`ni 52 foizi ushbu uylardagi yordamchi va xo`jalik bino va xonalarida sodir bo`lganligini alohida ta`kidlab o`tish zarur.
O`tgan haftada Toshkent shahrida sodir bo`lgan 18 ta yong`inning 9 tasi, ya`ni 50 foizi yashash uylarida sodir bo`lgan.






