Uelslik 55 yoshli fermer Grem Tomas o`zining podachi itini o`ldirdi, deya yozmoqda Layf nashri.
Bunga ko`ppakning qo`ylar podasiga e`tiborsizligi sabab bo`lgan. Fermer border-kolli zotli itini bog`idagi daraxtga osgan va “Itim o`z joniga qasd qildi”, deb sudni ishontirmoqchi bo`lgan.
O`zining aytishicha, u itini jazolash niyatida daraxtga bog`lamoqchi bo`lgan. Ko`ppak esa daraxt shoxiga chiqib, go`yoki o`z joniga qasd qilgan. Fermer itini qutqarmoqchi bo`lganmish, ammo bu qo`lidan kelmabdi.
Sud fermerga nisbatan 18 oy ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi.







