AsosiyJinoyat

Farg`onada ayol nikohsiz eriga pichoq urdi

'Farg`onada ayol nikohsiz eriga pichoq urdi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Dang`ara tumanida 26 mart kuni soat 02.00 larda, Olaxamak qishlog`ida yashovchi, uy bekasi, 1980 yilda tug`ilgan N.Saydalieva uyida o`zaro janjal oqibatida mast holda bo`lgan birga yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o`rtog`i, 1973 yilda tug`ilgan L.Poloskovning qorniga pichoq bilan urib jarohat etkazgan. Natijada L.Poloskov kasalxonaga yotqizilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

N.Saydalieva ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar