AsosiyDunyo

Malida noma`lum shaxslar mehmonxonaga hujum qilishdi

'Malida noma`lum shaxslar mehmonxonaga hujum qilishdi'ning rasmi

Malining Bandigar shahrida joylashgan La Falaise nomli, asosan BMT va xayriya tashkilotlari xodimlari to`xtaladigan mehmonxonaga qurolli hujum uyushtirildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Hujum oqibatida jabrlanganlar hamda qurbonlar bor. Hujumni besh nafar shaxs amalga oshirgan. Ular mehmonxonada odamlarni o`qqa tutishgan. Oqibatda uch kishi, shu jumladan qo`riqchi askar yaralangan, keyinchalik u kasalxonada vafot etgan. Hujum qilganlardan biri voqea joyida yo`q qilingan.

    Boshqa yangiliklar