AsosiyDunyo

Tramp o`zining shaxsiy shifokorini faxriylar masalasi bo`yicha vazir etib tayinlashga qaror qildi

'Tramp o`zining shaxsiy shifokorini faxriylar masalasi bo`yicha vazir etib tayinlashga qaror qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp o`zining shaxsiy shifokori — tibbiyot fanlari doktori, admiral Ronni Jeksonni faxriylar masalasi bo`yicha vazir etib tayinlashga qaror qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bu vazifani Devid Shulkin egallab turgan edi. Ronni Jekson 50 yoshda bo`lib, kichik Bush prezidentligi davridan beri Oq uy shifokori lavozimida ishlab kelgan. Jeksonni mazkur lavozimga tayinlash masalasini avvalo senat ko`rib chiqishi lozim.

Shulkinning mazkur lavozimdan chetlatilishiga u Evropaga safar uyushtirganda diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish o`rniga savdo do`konlarini aylanib, 122 ming dollar mablag` sarflagani yuzasidan ko`tarilgan janjal sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar