AsosiyJamiyat

Avtomobilining davlat raqami belgisini teskari o`rnatib boshqargan fuqaro jazoga tortildi

'Avtomobilining davlat raqami belgisini teskari o`rnatib boshqargan fuqaro jazoga tortildi'ning rasmi

Toshkent shahrida transport vositasining davlat raqami belgisini teskari o`rnatib boshqargan fuqaro jazoga tortildi, deb xabar beradi poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, internet tarmoqlarida "Lasetti" haydovchisi transport vositasining davlat raqami belgisini teskari o`rnatib boshqarganligi haqida videolavha tarqalgan. YHXB xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida Yangi Sirg`ali ko`chasida harakatlangan haydovchi 1994 y.t. M.Sh. aniqlangan.

Unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 125-5 (jarimasi EKIH 5 miqdorida) moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma tuzilgan va avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar