Amerikalik aktyor, “Mustaqillik kuni”, “Men robotman”, “Baxt izlab” kabi filmlarda bir qator ajoyib rollarni ijro etgan Uill Smit mashhur robot Sofiya bilan uchrashuvga chiqdi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.
Kayman orollarida kechgan uchrashuvda Smit androidga noma`qul hazillar qildi, hatto uni o`pmoqchi ham bo`ldi. Ammo Sofiya bularning barchasiga, boringki, aktyorning “Do`st bo`lib qolamizmi?” deya bergan savoliga ham rad javobini berdi. Sofiya Uill Smitning qo`shiqchilik san`atini ham tanqid qildi.
Sofiyu Hanson Robotics kompaniyasi tomonidan ishlangan. U 60 ta his-tuyg`ularni ifodalashga qodir. 2017 yili Sofiya Saudiya Arabistoni fuqaroligini olgan.






