1

Rossiya qator davlatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda

Dunyo 31.03.2018, 07:18
Rossiya qator davlatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda

"Skripal ishi" tufayli qator mamlakatlar Rossiya diplomatik vakolatxonalari vakillarini chiqarib yuborgan edi. Bu choralarga javob tarzida Moskva ham qator mamlakatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda.

Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborayotgan G`arb mamlakatlariga albatta javob qaytaradi, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

"Javob qaytaramiz, shubha qilmang, chunki bunday surbetlikni hech kim ko`tarmaydi va biz ham shu jumladan", — dedi Lavrov jurnalistlarga.

Ushbu choralar javob chorasi xarakteriga ega. Xususan, Rossiyani 13 nafar Ukraina diplomatlari, to`rt nafar Polsha, uch nafardan Litva va Chexiya hamda bir nafar Latviya diplomatlari tark etishlari lozim.

Shuningdek, Niderlandiya diplomatik missiyasining ikki xodimi, bir nafar Shvesiya xodimi hamda Estoniya harbiy attashesi Toomas Peda tark etadi.

Ularning barchasi 5-7 aprel sanalariga qadar Rossiyadan chiqib ketishlari lozim.

Shuningdek, Rossiya TIV Londondan diplomatlar va ma`muriy xodimlar sonini Britaniyada faoliyat yuritayotgan rossiyaliklar soniga tenglashtirishni talab qilmoqda. Bu uchun Londonga bir oy vaqt berilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1