AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

'Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori (PQ–3635, 29.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjat ishlab chiqarish sohasida yangi ish o`rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki ob`ektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 29,8 gektar) kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat ko`chmas mulki tadbirkorlik sub`ektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o`rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur kichik sanoat zonalarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to`lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

    Boshqa yangiliklar