1

Hindistonlik qiz kaltak bilan yo`lbarsga hujum qildi

Dunyo 05.04.2018, 13:27
Hindistonlik qiz kaltak bilan yo`lbarsga hujum qildi

Hindistonning Maxarashtra shtatida kaltak bilan qurollangan 22 yoshli qiz echkisini emoqchi bo`lgan yo`lbarsga qarshi hujumga o`tdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.

Rupali Meshram echkisining nolali ma`rashini eshitib, uyidan yugarib chiqdi va uni sudrab ketayotgan yo`lbarsga ko`zi tushdi. Yo`lbars esa echkini qo`yvorib, qizga tashlandi. Rupali esa qo`lidagi kaltak bilan yo`lbarsga qarshi hujumga o`tdi.

“Qizimning qonga belanganini ko`rib, uning tirik qolishiga ishonmadim”, dedi Rupalining onasi. Ayol qiziga yordam berishga shoshildi. U Rupalini sudrab uyga olib kirdi va eshikni bekitib oldi. Shundan keyin yo`lbars hujam qilganligi haqida o`rmon xo`jaligiga qo`ng`iroq qilishdi.

Xodimlarning etib kelishi uchun 30 daqiqa vaqt kerak bo`ldi. Bu paytga qadar yo`lbars echkini olib ketishga ulgurdi. Rupali sog`lik uchun xavfli bo`lmagan tan jarohatlarini oldi. Shifokorlarning aytishicha, qizning omadi chopib, yo`lbars uni tishlamabdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1