AsosiyJamiyat

Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi

'Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada dunyoning o`nga yaqin mamlakatidan va yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda, deya xabar berdi O`zA.

Unda telekommunikasiya, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining iqtisodiyotimiz rivojlanishidagi roli, muammolari va ularning echimlari, ko`rsatilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligi masalalari ko`rib chiqilmoqda.

Konferensiya doirasida seminarlar tashkil etilib, elektron tijorat, «Elektron hukumat» tizimini joriy qilish va rivojlantirish borasida axborot texnologiyalaridan foydalanish, «Axborot kutubxonasi va arxivlar» yo`nalishining innovasion rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan dasturiy va apparat ishlanmalaridan iqtisodiyotning real tarmoqlarida foydalanish, axborot xavfsizligi muammolari, «aqlli» va «xavfsiz» uylarni loyihalashtirish hamda zamonaviy pedagogika axborot texnologiyalari bo`yicha original tadqiqotlar o`rganiladi.

Shuningdek, telekommunikasiya tizimlari, raqamli televidenie, radio, simsiz aloqa texnologiyalari, radiotexnika rivojlanishi istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Axborot texnologiyalari uchun nazariy asosni ta`minlovchi analitik materiallar va ilmiy ishlar muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar