AsosiyJamiyat

Nukusda "Oshpazlar musobaqasi" o`tkaziladi

'Nukusda "Oshpazlar musobaqasi" o`tkaziladi'ning rasmi

2018 yil 14 aprel kuni Nukusda "Oshpazlar musobaqasi" o`tkaziladi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi jamoat ovqatlanish korxonalari birlashmasi ma`lum qilmoqda.

Mazkur ko`rik-tanlovda Respublikamiz umum-ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, Nukus shahri hamda barcha tumanlar hududidagi restoran, kafe va oshxona oshpazlari bellashadi.

Tanlov g`oliblari 1, 2 va 3-o`rinlar, shuningdek, “Eng yosh oshpaz”, “Eng yaxshi salat”, “Eng yaxshi chet el taomi”, “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi namunaviy oshpaz” hamda “Tadbirning faol ishtirokchisi” nominasiyalari orqali aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar