AsosiyJamiyat

Qo`lbola simyog`ochlar o`rniga temir beton simyog`ochlar o`rnatildi

'Qo`lbola simyog`ochlar o`rniga temir beton simyog`ochlar o`rnatildi'ning rasmi

Ulug`nor tumani “Guliston” mahallasi hududidagi Kelajak sari va Izzat ko`chalarida ancha yillardan buyon elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz va nosoz holatga kelib qolgan, o`tkazish quvvatlari me`yor darajasida emas, kuchlanish past edi, deb yozadi O`zA.

Simyog`ochlar qo`lbola usulda yasab olingan va xavfsizlik qoidalariga amal qilinmayotgandi. Boz ustiga, 205 ta xonadon bitta transformatordan foydalanar, bu esa belgilangan me`yoridan ikki barobar ko`proq yuklamani tashkil qilardi.

Respublika ishchi guruhining aniq tavsiyalari bilan bir kun o`tmay ko`lamdor montaj ishlari boshlandi.

01.JPG

2,2 kilometr uzunlikda elektr tarmoqlari tortildi. Eski simyog`ochlar olib tashlandi. Uzunligi 11 metr bo`lgan 10 dona 10 kilovatli, 9,5 metrli 50 dona 0,4 kilovatli temir beton simyog`ochlar o`rnatildi. Yangi 100 kilovolt-amperli transformator o`rnatilishi natijasida elektr yuklamasi hajmi me`yorlashdi, etkazish sifati yaxshilandi, bu erdagi 100 xonadon xavfsiz va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlandi. Bir kunda jami 220 million so`mlik ishlar bajarildi.

Ulug`nor tumani elektr tarmoqlari korxonasi 2018 yilda 28 kilometrlik tarmoq tortishni rejalashtirgan. Ishchi guruhi faoliyati doirasida esa mahallalarda 10 km.lik elektor tarmoqlari tortildi va 3 ta yangi transformator o`rnatildi.

    Boshqa yangiliklar