AsosiyJamiyat

Dastlabki uch oyda avtomobil ishlab chiqarish 44,7 foiz o`sdi

'Dastlabki uch oyda avtomobil ishlab chiqarish 44,7 foiz o`sdi'ning rasmi

2018 yil yanvar-mart oyida O`zbekistonda engil avtomobillar ishlab chiqarish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 44,7 foiz o`sib, 38,03 ming donaga etdi.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotiga qaraganda, joriy yilning birinchi choragida yuk avtomobillarini yig`ish 485 tani tashkil etib, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 44,8 foiz kamdir.

Avtobuslar ishlab chiqarish esa hisobot davrida o`tgan yilga nisbatan 34,1 foiz pasayib, 137 taga tushdi. Traktorlar tayyorlash esa, aksincha, joriy yil birinchi choragida o`tgan yilning shu davriga qaraganda 6,1 barobar ortib, 432 donaga etdi.

O`zbekiston korxonalari tomonidan avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish ham 2018 yilning ilk choragida 43,5 foiz oshib, 30,4 ming donaga etdi.

    Boshqa yangiliklar