AsosiyJamiyat

Toshkentda haydovchilar qoidabuzarlar haqida YHXBga xabar yo`llab, byudjetni to`ldirmoqda

'Toshkentda haydovchilar qoidabuzarlar haqida YHXBga xabar yo`llab, byudjetni to`ldirmoqda'ning rasmi

Bir oy avval Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi www.ubdd.uz saytini ishga tushirgan edi. Mazkur saytga shahrimiz haydovchilari o`z avtomashinalari videoregstratorlari orqali tasvirga tushirilgan boshqa haydovchilarning qoidabuzarliklarini jo`natmoqdalar.

Videoga muxrlangan tasvir YXHBning tegishli ishchi guruhi tomonidan o`rganilib, haydovchilar jarimaga tortilmoqda.

Qoidabuzarlarga befarq bo`lmagan faol haydovchilar 36 kun ichida – 5 mart kunidan 11 aprelga qadar 261 ta videotasvir jo`natganlar. Ular o`rganilib, qoidabuzar haydovchilarni jarimaga tortish natijasida davlat byudjetiga 163 mln. so`mdan ortiq pul kelib tushgan. Bu haqda Toshkent YXHB vakili O`zAga xabar bermoqda.

To`g`ri, kimlardir bunday harakatlarni nomaqbul ish deb tushinar, ayrimlar “sotqinlik” deya ta`rif berar, biroq xatolarga shunchaki ko`z yumib ketmay o`z vaqtida tegishli mutasaddilarga xabar berayotgan yurtdoshlarimiz o`zgalar hayoti uchun qayg`urayotganini, musibatli voqealarning oldini olayotganini unutmasin. Zero, bu jamoatchilik nazorati kuchayayotganidan dalolat beradi.

    Boshqa yangiliklar