AsosiyJamiyat

​"O`zbekiston havo yo`llari" MAK va S7 Rossiyaga yangi parvozlarni yo`lga qo`ydi

'​"O`zbekiston havo yo`llari" MAK va S7 Rossiyaga yangi parvozlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi va S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent va Namangandan Rossiyaning Janubiy Saxalinsk, Xabarovsk, Vladivostok shaharlariga aviareyslarni yo`lga qo`ydi.

MAK matbuot xizmati xabariga ko`ra, parvozlar kod-shering kelishuvi doirasida amalga oshiriladi.

"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi va S7 Airlines aviakompaniyasi o`rtasida imzolangan Kod-Sher kelishuvi asosida MAK yo`lovchilari Toshkent va Namangandan to`g`ridan-to`g`ri Rossiya Federasiyasining Uzoq Sharqida joylashgan — Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk, Vladivostok kabi shaharlariga va ortga parvoz qilishlari mumkin", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, qatnovlar S7 Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Novosibirsk shahri orqali amalga oshiriladi.

Toshkentdan Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk va Vladivostok shaharlariga qatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari, shuningdek, Namangan shaharlariga va ortga dushanba kunlari bajariladi.

    Boshqa yangiliklar