1

O`zbekiston mo``jizalari: Suvda aks etgan Ka`ba

Moziydan sado 15.04.2018, 12:12
O`zbekiston mo``jizalari: Suvda aks etgan Ka`ba

Yurtimiz tabiati ajoyib va sirli. Uni o`rganishni istaganlar qancha-qancha duru gavhar topmasinlar, bu xazinalar tugamaydi, ko`payaveradi. Giyohlar, gullar, daraxtlar, buloqlar... bori sizga yuragini ochadi. Ular bilan sirlashasiz, dardlashasiz.

Buloqlar. Yurtimizning deyarli har biri hududida shifobaxsh va sirli buloqlar mavjud. Misol uchun, Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Chor Chinor ziyoratgohida yil bo`yi qurimaydigan qaynar buloq bor. Suvining harorati 17-18 daraja iliq bu suvni to`yib ichsangiz ham tomog`ingiz og`rimaydi. Eng muhimi u ko`plab kasalliklarga - buqoq, oshqozon kasallarini davolash va ichki a`zolardagi toshlarni maydalashi isbotlangan emish. Bu suvdan doim foydalanilganda yuzga ajin tushmas ekan. Hattoki 1936 yilda tarqalgan vabo epidemiya vaqtida bu suvdan iste`mol qilganlarga zarar etmagan.

Qaynar buloq aylanasi 50-60 metr, chuqurligi 40 metr bo`lgan hovuzdan chiqadi. Sinchiklab qarasangiz suv hovuzning turli taraflaridan qaynab chiqayotganini ko`rasiz. Qaynab chiqayotgan joyda gohida pufakchalar hosil bo`lishi kishini ajablantiradi.

Xo`sh suv ichiga havo qanday kirib qolgan? Aslida bu jumboqning o`z javobi bor.

O`zAda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, bu suv Urgut tog`ining ancha yuqorisida hosil bo`lib, er osti yo`llari bilan Chor chinor ziyoratgohidan chiqar ekan. Buloq suvi yilning ba`zi fasllarida ko`payib, ba`zilarida kamayib qoladi. U kamaygan vaqtda er osti bo`shliqlarida havo to`planib qoladi. Suv ko`payganda esa havo suv bilan er yuzasiga ana shunday pufakchalar hosil qilib chiqadi.

Eng qizig`i, teshik tosh ichidan oqib chiqayotgan suvda nur ichidagi Ka`ba shakl ko`rinishi. Bu ko`rinish qaynar buloqqa kelayotgan sayyohlarni juda qiziqtirmoqda. Mahalliy aholi bu mo``jiza teshik toshga faqat to`g`ridan qaraganda ko`rinishi, unga soatlab qarasa ko`z ravshan tortishini aytishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1