1

Curiya voqealari haqida batafsil

Dunyo 15.04.2018, 13:07
Curiya voqealari haqida batafsil

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya kimyoviy qurolga qarshi havodan hujumni amalga oshirdi.

Shanba kuni erta tongda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya 100 dan ortiq qanotli va «havo-er» tipidagi raketa uchirdi, deb ma`lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

«RIA Novosti» xabarida qayd etilishicha, BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh bu zarbadan keyin vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun barcha davlatlarni bosiqlikka chaqirgan: “Men BMTga a`zo barcha davlatlarni bu qaltis vaziyatda bosiqlik ko`rsatishga va vaziyatning keskinlashuvi hamda Suriya xalqi azob-uqubatlarining chuqurlashuviga olib keluvchi istalgan harakatlardan qochishga chaqiraman”, deb aytilgan BMT bosh kotibi bayonotida.

Reutersning xabariga qaraganda, Suriya hukumati AQSh, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nishoniga aylangan harbiy ob`ektlarni oldindan evakuasiya qilishga ulgurgan. Uning Damashqni qo`llab-quvvatlovchi mintaqaviy alyansdagi manbasiga asosan xabar qilishicha, evakuasiya ishlarini amalga oshirish lozimligi haqidagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgan.

Suriyaning SANA agentligi raketa zarbalari oqibatida uch kishi jabrlanganini ma`lum qilgan. Xoms viloyatidagi tadqiqot markaziga ham tashqi tomondan ziyon etgan.

RIA «Novosti» esa Suriya xavfsizlik organlaridagi manbaning dalillarini keltirgan holda oddiy aholi vakillaridan olti nafari jabrlangan deya xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligining bayonotiga ko`ra, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi harbiy va fuqarolik infratuzilma ob`ektlariga zarba bergan. Bayonotda keltirilishicha, hujum Suriya vaqti bilan soat 03:42 dan 05:10da bo`lgan oraliqda amalga oshirilgan. Operasiyada samolyotlar va kemalar ishtirok etgan. Rossiya armiyasining Suriyadagi havo hujumidan himoya vositalari hujumni qaytarish uchun harakatga keltirilmagan. Suriya 103 ta qanotli raketani 71 tasini urib tushirishga muvaffaq bo`lgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi brifingida ma`lum qilindi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu masalada o`z munosabatini bildirib, AQSh o`z ittifoqchilari bilan Suriyadagi harbiy va fuqarolik ob`ektlariga BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasisiz aviazarbalar berdi hamda BMT nizomi va xalqaro huquq normalarini buzdi va suveren davlatga qarshi tajovkuzkorlik harakati yuz berdi, Suriya esa terrorizm bilan kurashda eng oldingi o`rinlarda turibdi, degan xulosani berdi. Putin, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashini favqulodda yig`inini o`tkazishga chaqirgan.

Suriya hukumati ham xalqaro hamjamiyatdan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning raketa hujumini qoralashni talab qilyapti. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabarida bu holat jahondagi vaziyatning faqat qaltislashuviga olib kelishi va dunyo xavfsizligiga tahdid solishi qayd qilingan.

Ayni paytda suriyaliklar Damashqda namoyishlarga chiqib, mamlakat prezidenti Bashar Asadni qo`llab-quvvatlamoqda.

AQShning yirik shaharlarida ham havo zarbalariga qarshi namoyishlar bo`lib o`tyapti.

Eslatib o`tamiz, payshanba kuni Donald Tramp oq uydagi chiqishida AQSh tomonidan Suriyadan kimyoviy qurollar ishlab chiqish dasturi ob`ektlariga qarata zarbalar amalga oshirilishini ma`lum qilgan edi.

Bunga sabab sifatida esa 7 aprel kuni Duma shahrida yuz bergan, kimyoviy qurol qo`llangan, deb hisoblanayotgan hodisa keltirilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1