1

Ellik yoshga borib qolgan​ erkak mahalladoshi va uning ayolini belkurak bilan urdi

Jinoyat 15.04.2018, 13:58
Ellik yoshga borib qolgan​ erkak mahalladoshi va uning ayolini belkurak bilan urdi

Surxondaryo viloyatida ellik yoshga borib qolgan erkak o`rtadagi nizo oqibatida mahalladoshi va uning ayolini belkurak bilan urib tan jarohati etkazdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"Uzun tumanida 6 aprel kuni soat 16.30larda, Dehqon mahallasida yashovchi, 1969 y.t. A.Mo`minov shu mahalla hududidagi “Mahmud Namozov” fermer xo`jaligi dala maydonida joylashgan suv taqsimlash inshootida o`zaro janjal oqibatida mahalladoshi, 1969 y.t. A.Baratov va uning birga yashovchi turmush o`rtog`i, 1974 y.t. B.Baratovalarni tanalarining turli joylariga belkurak bilan urib jarohat etkazgan", - qayd etilgan xabarda.

Natijada A.Baratov va B.Baratovalar kasalxonaga yotqizilganlar. A.Mo`minov qo`lga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1