1

Sirdaryoda er xotinini beliga beton bog`lab, jasadini suvga tashlagan

Jinoyat 15.04.2018, 14:06
Sirdaryoda er xotinini beliga beton bog`lab, jasadini suvga tashlagan

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida beshavqat er xotinini o`ldirib, beliga beton bog`lab, jasadini suvga tashlagan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"2018 yil 28 mart kuni bedarak yo`qolib qidiruvda bo`lgan 1992 y.t. Sh.Sulaymonova 5 aprel kuni soat 15.40larda, “Haqiqat” MFY hududidan oqib o`tuvchi “Markaziy Mirzacho`l” zovuridan bel qismiga arqon bilan beton bo`lagi bog`langan holdagi jasad topilgan", - deyilgan xabarda.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma Sh.Sulaymonovaning turmush o`rtog`i, Mirzaobod tumani “Xaqiqat” MFY Baxt ko`chasi 5/2-uyda yashovchi, 1989 y.t. B.Qashanov sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1