Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o`zbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan.
Hodisa Peterburgdagi Viborgskiy tumanida sodir bo`ldi, deb xabar qilgan "Sputnik" nashri.
Nashr xabariga ko`ra, 29 yashar o`zbekistonlik qurilayotgan uy oldidan topib olingan. Unda ochiq bosh miya jarohati, ko`krak qafasi va qorin jarohatlari, ichki organlar shikastlanishi, tos suyagining yopiq jarohati va chap son suyagining sinishi jarohatlari borligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, yigit yog`och zinapoyadan zinapoya oralig`iga tushib ketgan.
Jabrlanuvchi og`ir ahvolda shahar kasalxonasiga olib kelingan.
Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari ro`y bergan hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.






