Bugun, 16 aprel kuni Toshkent shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan "Imom Termiziy ilmiy merosining Islom tamadduni rivojidagi ahamiyati" nomli ilmiy seminar o`z ishini boshlaydi. Bu haqda O`MI Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ushbu seminarni tashkil etishda Saudiya Arabistoni Informatsiya va arab-rus tadqiqotlari markazi ham ishtirok etmoqda. Ilmiy seminar Qur`oni karim tilovati bilan boshlanib, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ubaydulla Uvatov, Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupovlar ishtirok etadilar.
Seminarda xorijlik mutaxassislardan Informasiya va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi doktor Majid ibn Abdulaziz at-Turkiy, Majlis ash-Sho`ro sobiq a`zosi, hadisshunos olim Shayx Doktor Folih ibn Muhammad as-Sag`iyr va boshqalar ishtirok etmoqdalar.






