Telangana shtati bosh vaziri Chandrashekar Rao Haydarobod shahrida Islom madaniy kengashlari xalqaro markazi ochilishiga va`da berdi, deb yozadi islom.uz nashri.
Loyiha uchun qariyb 2.5 gektar er ajratilgan bo`lib, 600 ming AQSh dollari sarmoya kiritilishi belgilangan.
Ma`lum qilinishicha, mazkur markaz xizmatlari turli hil yosh, e`tiqod va millat vakillariga yo`naltirilgan bo`lib, ammo u erdagi barcha shart-sharoitlar Islom qonunlari asosida tashkillashtirilgan bo`lishi ko`zda tutilgan. Ushbu dargohning asosiy maqsadlari etib Islom dinini targ`ib etish, dinlararo hamjihatlik, hind yoshlariga kasb-hunar o`rgatish belgilangan.






