AsosiyJamiyat

O`zA Bosh direktoriga o`rinbosar tayinlandi

'O`zA Bosh direktoriga o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 apreldagi qaroriga ko`ra O`rozov Abu Bakr Qulto`raevich O`zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o`rinbosari etib tayinlandi.

Abu Bakr O`rozov O`zbekiston Milliy axborot agentligining Respublika axboroti tahririyati agrar bo`limi sharhlovchisi, Bosh direktor yordamchisi, Mahalliy axborot tahririyati bosh muharriri, Kotibiyat mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2016 yildan O`zA Bosh direktori o`rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Agentlikning Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri vazifasida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar