Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida 14 aprel kuni ro`y bergan portlashda ona-bola halok bo`ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 01:00 larda «Obod» mahallasi, Gulzor ko`chasida yashagan, 1982 yilda tug`ilgan F.Karimova uyi xammomida elektr chirog`ini yoqqan vaqtida shu erda bo`lgan 50 litr hajmli gaz ballonidan sizib chiqib, xonaga to`planib qolgan gaz va havo aralashmasi portladi. Hammom oldida joylashgan o`tinxonaga o`t ketdi.
Yong`inni o`chirish vaqtida F.Karimova va uning onasi, 1953 yilda tug`ilgan M.Turdievaning kuygan holdagi jasadlari topildi.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






