AsosiyJamiyat

O`zboshimchalik bilan amalga oshirilgan 14297 ta qurilma buzildi

'O`zboshimchalik bilan amalga oshirilgan 14297 ta qurilma buzildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda respublikamizda 33 mingdan ortiq ko`p qavatli uylar mavjud bo`lib, ularni boshqarish bo`yicha 4488 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyat yuritmoqda, deb yozadi "Xalq nashri".

O`tgan yili 8343 ta turarjoyda 3 mln. 611 ming kv.m tomlar, 18 696 ta kirish yo`lagi, 8454 ta uyning erto`la qismida muhandislik tarmoqlari, 2080 ta bolalar maydonchasi ta`mirlandi. Shuningdek, 1216 ta yangi bolalar maydonchasi qurilib, 14 ming 297 ta o`zboshimchalik bilan amalga oshirilgan noqonuniy qurilma buzilgan.

— Ammo muammolar ham yo`q emas, — deydi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri o`rinbosari Nazirjon Nazirov. — Ularni joriy yilda dastur doirasida o`tgan yildagiga qaraganda ikki barobar ko`proq ishlarni amalga oshirish hisobidan bartaraf qilamiz. Xususan, ko`p qavatli uylarning tom va erto`la qismini ta`mirlash, toza ichimlik suvi yo`qligi bois qiynalayotgan aholiga toza ichimlik suvi bilan ta`minlash, bolalar maydonchalarini qurish, mavjudlarini ta`mirlash kabi vazifalar bajariladi.

Shuningdek, shirkat xodimlarining bilim-saviyasini oshirish maqsadida “Kommunalo`quv” o`quv-uslubiy markazida o`qitish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar