Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat matni to`liq O`zAda keltirilgan.
Qarorga ko`ra:
- O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahrida 2018 yil 9 may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan bayram salyuti tashkil qilinadi;
- O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar o`tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlaydilar;
- O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarni keng yoritib, tematik tadbirlar, teleko`rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etishadi.






