AsosiyJamiyat

Endilikda tashkil etiladigan Huquqiy siyosat tadqiqot institutining vazifalari nimalardan iborat?

'Endilikda tashkil etiladigan Huquqiy siyosat tadqiqot institutining vazifalari nimalardan iborat?'ning rasmi

Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 25 nafar bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 13 apreldagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni asosida Huquqiy siyosat tadqiqot institutining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

- qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o`tkazish hamda ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish;

- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning innovasion uslublari hamda usullarini ishlab chiqish;

- sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari qo`llanilish amaliyotini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

- davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini o`rganish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo`nalishlarini aniqlash;

- etakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

Bu kabi chora-tadbirlar mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta`minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar