AsosiyJamiyat

Xorazm viloyati hokimi ajratilgan mablag`lardan unumli foydalanilmagani uchun tanqid qilindi

'Xorazm viloyati hokimi ajratilgan mablag`lardan unumli foydalanilmagani uchun tanqid qilindi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda so`zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining oldini olish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, shuningdek, viloyatda ishsizlikning oldini olishga e`tibor qaratilayotgani haqida gapirdi, deb yozadi O`zA.

Viloyat hokimi joriy yil birinchi choragida 4,5 ming kishi ish bilan ta`minlangani, buning uchun ajratilgan 41 milliard so`m mablag`dan 2 milliardi sarflanganini ma`lum qildi.

Bosh vazir ajratilgan mablag`larni maqsadli sarflash lozimligi, hozircha viloyatda bu borada ishlar qoniqarli emasligini tanqid qildi.

    Boshqa yangiliklar