O`zbekiston qruolli kuchlari 2018 yilda dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pog`ona yuqoriga ko`tarilib, 39 o`rinni egalladi deb xabar qilmoqda "Sputnik" nashri.
Global Firepower tomonidan tuzilgan reytingda 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan. Ushbu mamlakatlarning qurolli kuchlari 50dan ortiq ko`rsatgichlariga qarab baho berilgan. Xususan, quruqlik harbiy kuchlari quvvati, harbiy havo kuchlari quvvati, dengiz kuchlari quvvati harbiy texnika va harbiy xizmatga layoqatli aholi soni, harbiy sektorning moliyalashtirilishi, mamlakatda yonilg`i manbaalari borligi, transport infrastrukturasining rivojlanganligi va boshqa ko`rsatgichlar.
Xabarda aytilishiga ko`ra, bugungi kunda O`zbekiston qurolli kuchlari ixtiyorida420ta tank, 179 ta samolyot, 715 ta jangovar mashina, 143ta o`zi-yurar to`p, 880ta to`p va 109ta yoppasiga o`t ochish qurollari mavjud.
MDH mamlakatlari orasida O`zbekiston qurolli kuchlari Rossiya va Ukrainadan keyin ikkinchi o`rinni egallamoqda. Belarus — 41, Qozog`iston – 50, Ozarbayjon —53 o`rinlarni egallashgan.
Reytingning eng yuqori qismida AQSh(1), Rossiya(2), Xitoy(3), Hindiston(4), Fransiya(5), Britaniya(6), Janubiy Koreya(7), Yaponiya(8), Turkiya(9), Germaniya(10) va boshqa mamlakatlar joylashgan.






