1

“Xazrati Imom” jome masjidi tahoratxonasidan 40 mingga yaqin AQSh dollari o`g`irlandi

Jinoyat 19.04.2018, 10:31
 “Xazrati Imom” jome masjidi tahoratxonasidan 40 mingga yaqin AQSh dollari o`g`irlandi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi masjiddan katta miqdordagi AQSh dollari o`g`irlandi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 6 aprelda xususiy tadbirkor, 1988 y.t. S.Mamasodiqov IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 aprel kuni soat 19.00larda, shahar hududida joylashgan “Xazrati Imom” jome masjidining tahoratxonasida ichida 38.740 AQSh dollari bo`lgan barsetkasini unutib qoldirganligi va bir ozdan so`ng qaytib kelib barsetkasini topolmaganligini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati G`ijduvon tumani Bobur ko`chasi 9-uyda yashovchi, 1970 y.t. A.Kenjaev va Toshkent shahar Uchtepa tumani “Qoziguzar” MFY Guliston ko`chasi 104-uyda yashovchi, 1962 y.t. G`.Nishonovlar sodir etganliklari aniqlanib qo`lga olinganlar.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1