Samarada daryo bo`yida joylashgan “Staraya pristan” deb nomlangan restoran muz bo`lagi bilan birga oqib ketdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Ko`klamdagi eruvgarchilik tufayli daryo yuzasini egallagan muzlar erib, katta muz oqimi paydo bo`ldi. Muz oqimi katta tezlik bilan kelib pristanga qo`shib daryo labidagi restoranni ham joyidan siljitgancha, oqizib ketdi.
Keyinroq paroxodlar yordamida restoran qirg`oqda shatakka olindi. Ushbu hodisa oqibatida hech kim jabr ko`rmadi.






