AsosiyDunyo

Fransiyada bir odamning yuzi ikki marta almashdi (Video)

'Fransiyada bir odamning yuzi ikki marta almashdi (Video)'ning rasmi

Fransiyada bir odamning yuzi ikki marta almashdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Fransiyalik Jerom Amon (Jérôme Hamon) neyrofibromatoz, ya`ni yuzdagi turli shishlarning paydo bo`lishidan qattiq aziyat chekardi. 2010 yili unga donorning yuzi ko`chirib o`tkazildi.

2015 yili Amon shamollab qolib, antibiotiklar qabul qiladi. Natijada esa ko`chirib qo`yilgan nojins a`zo bitmay qolaveradi. 2017 yilning noyabr oyida Amonning “ikinchi” yuzi olib tashlanadi.

Yangi donorni topish uchun ikki oy vaqt ketadi. Shu vaqt ichida Amon ko`rish, eshitish, so`zlash qobiliyatidan mahrum bo`ladi. “Uchinchi” yuz esa 2018 yilning yanvar oyida ko`chirib o`tkaziladi. Qo`sh operasiyani Loren Lanteri ismli jarroh amalga oshirgan.

Oradan uch oy o`tkaniga qaramay, Amon hamon lablarini qimirlatolmaydi, ko`chirib o`tkazilgan yuz uning bosh suyagi shakliga unchalik ham to`g`ri kelmagan. Ammo Amon batamom tuzalib ketishiga ishonadi.


Boshqa yangiliklar