AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bitta uyushma davlat ro`yxatidan o`tkazildi

'O`zbekistonda yana bitta uyushma davlat ro`yxatidan o`tkazildi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Shu munosabat bilan 2018 yil 19 aprel kuni vazirlik tomonidan O`zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq artisti Yoqub Axmedovga tashkilotni davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnoma topshirildi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida teatr san`atini yanada rivojlantirish, teatrlarning davr talablariga mos repertuarlarini shakllantirish, sahna ijodkorlariga qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratishga ko`maklashish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar