Bugun Samarqand va Sug`dliklar o`zbek tojik xalqlari o`rtasidagi azaliy do`stlik, qardoshlik munosabatlari yangicha mazmun kasb etgan yana bir tantananing guvohi bo`lishdi. Sug`d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligida Tojikiston delegasiyasi Samarqandga tashrif buyurdi. create
Mehmonlarni Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo`raev boshchiligidagi keng jamoatchilik vakillari qarshi oldi.
Marosimda ikki viloyatning jamoatchilik vakillari, faollar, ishbilarmon tadbirkorlar va chegara hududidagi mahallalarda yashovchi aholi, davlat va jamoat tashkilotlari mas`ullari ishtirok etishdi.
«Jartepa» o`tkazish punktida tashrifga bag`ishlangan maxsus konsert dasturi uyushtirildi.
Samarqandda ikki viloyat o`rtasida biznes-forum, sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi, madaniy dastur va futbol jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi o`tkaziladi






