Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Viloyati hokimligining rasmiy saytida ayni damda hokim lavozimi vakant etib ko`rsatilgan.
Mahalliy OAVlar xabariga ko`ra, ayni damda Xorazm viloyatiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanining sobiq hokimi Farhod Ermanov viloyat hokimi lavozimini bajaruvchi etib tayinlangan.
Farxod Urazbaevich Ermanov 1958 yilda tug`ilgan. 1981 yilda Toshkentdagi Irrigasiya institutini hamda 1996 yilda Toshkent Iqtisodiyot universitetini bitirgan.
1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi qishloq xo`jaligi vaziri bo`lgan. 2010 yildan buyon Beruniy tumani hokimi. Senat a`zosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo`mitasi a`zosi.






