1

Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarni to`xtatmoqda

Dunyo 23.04.2018, 09:51
Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarni to`xtatmoqda

Shimoliy Koreya ballistik raketalar va yadro qurollari sinovini, shuningdek, Pungeri yadro poligonidagi amaliyotlarini yakunlaydi.

Koreya ishchilar partiyasi Markaziy qo`mitasining majlisida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ana shunday bayonot bilan chiqish qilgan. Markaziy qo`mita qarorida bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda qo`shni davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan muloqotni saqlab qolish zarurati bilan izohlanmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari to`xtaganini "juda yaxshi xabar" deb atagan. Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe esa buni "ijobiy yo`nalishdagi yana bir qadam" deb ta`riflar ekan, Shimoliy Koreyani to`liq yadrosizlantirilishiga erishishga va`da bergan.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ma`muriyati KXDR qarori, Koreya davlatlari va Amerika-Shimoliy Koreya sammitlarini muvaffaqiyatli o`tishi uchun qulay muhitni yaratadi, deb hisoblaydi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi qaror Koreya yarimorolidagi mojaroni tinch yo`llar bilan hal qilish uchun imkon beradi, deb aytdi.

“The Washington Post”ning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp maslahatchilari Shimoliy Koreya etakchisinig yadro va raketa sinovlarini to`xtatayotganiga oid bayonotiga ishonmasligi ma`lum qilishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1