Bugun “Nijnevartovsk-Samarqand” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan “Pobeda – odna na vsex” (“G`alaba – barcha uchun bitta”) avtokarvoni Ostonaga etib keldi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
“Pobeda” rusumidagi beshta avtomobil 17 aprelda Samarqand tomon yo`l olgandi. Ular 1 mayda qadimiy shaharga etib kelishi kutilmoqda.
Ushbu tadbir Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi qoshidagi Yoshlar parlamenti tomonidan tashkillashtirilgan.

Mashinalar Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston hamda O`zbekiston shaharlaridan o`tadi.

Avtokarvon, shuningdek, Toshkentda ham bo`ladi. Samarqandga etib kelgach, avtomobilchilar yana Nijnevartovskka qaytishadi.






