AsosiyJamiyat

Bir chorakda 480 ajrim arizasi: ko`pmi, ozmi?

'Bir chorakda 480 ajrim arizasi: ko`pmi, ozmi?'ning rasmi

Gulistonda “Oila qurish – o`yinchoq emas” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Sirdaryo viloyati xotin-qizlar qo`mitasi, prokuraturasi, fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat sudi, “Nuroniy” jamg`armasi viloyat bo`limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tuman va shahar xotin-qizlar qo`mitalari raislari, imom-xatiblar, FHDYo bo`limi mudirlari va ajrashish uchun ariza bergan yosh oilalar ishtirok etdi.

“Nuroniy” jamg`armasi viloyat bo`limi rahbari O`.Abdiev va boshqalar Prezidentimiz joriy yil 13 aprel kuni Sirdaryoga tashrifi chog`ida viloyat faollari bilan o`tkazilgan yig`ilishda hududda oilaviy ajrimlar soni ortib borayotgani, bunday salbiy holatlar jamiyatning mustahkam poydevoriga rahna solishi mumkinligi haqida gapirib, hali kelinlik chillasi chiqmay, ajrashish haqida ariza berayotgan yoshlar ko`payib borayotganini afsus bilan qayd etgan edi. Ba`zi tuman sudlari yoshlarni yarashtirish o`rniga belgilangan muddat yakuniga etishi bilan, o`rtadagi farzand taqdirini o`ylamay, ajrim haqida hukm chiqarayotgani achinarlidir.

– Darhaqiqat, joriy yilning birinchi choragida viloyatdagi fuqarolik ishlari bo`yicha tuman, shahar sudlariga ajrashish bo`yicha 480 ta ariza tushgan, FHDYo bo`limlarida yana 90 ariza turibdi, – deydi viloyat hokimi o`rinbsari, viloyat xotin-qizlar qo`mitasi raisi D.O`rolova. – Kichik bir viloyat uchun bu juda katta raqamlar emasmi? Biz yoshlarning o`z xatolarini anglab etishi uchun vaqt berishimiz, turmushning ilk zarbasidanoq ajrimga qo`l urishiga yo`l qo`ymasligimiz, oila muqaddas tushuncha ekanini ular ongiga singdirmog`imiz shart. Har qanday oila ajrimiga hayot-mamot masalasi deb, qaramog`imiz kerak. Endi oila qurishga ahd qilgan yoshlar “Oila mas`uliyati” kursini o`tab, oiladagi er va xotin ma`suliyatini to`la anglab olganidan so`nggina nikohdan o`tadi.

    Boshqa yangiliklar