14 aprel kuni 6 yoshli Alisherov Abdulloh Olimxon o`g`li qidirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bolaning jasadi Uchtepa tumanidan oqib o`tuvchi Qoraqamish kanalidan topilgan.
"2018 yilning 14 aprel kuni bedarak yo`qolgan 2012 yil 19 sentyabrda tug`ilgan Alisherov Abdulloh Olimjon o`g`li o`zi yashagan uyga yaqin joydan oqib o`tuvchi kanaldan topildi va bugun Abdullohga janoza o`qilib, so`nggi manzilga kuzatildi", - deyilgan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi yuergan xabarda.
Abdullohning yaqinlari uni topishda yordamlarini ayamagan va ularning dardiga sherik bo`lganlarga minnatdorchilik bildiradilar.






