1

Nikolas Keyj aktyorlik karerasiga nuqta qo`yishini e`lon qildi (Foto)

Dunyo 24.04.2018, 07:55
Nikolas Keyj aktyorlik karerasiga nuqta qo`yishini e`lon qildi (Foto)

Nikolas Keyj aktyorlik karerasiga nuqta qo`yishini e`lon qildi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Endilikda aktyor o`zini rejissyorlik kursida sinab ko`rmoqchi.

“Uzog`i bilan 3-4 yil filmlarda suratga tushib, u yog`iga o`zimni rejissyorlikka bag`ishlayman”, – deya tushuntirish berdi Keyj.

Nikolas Keyjning rejissyorligi ostidagi yagona film – “Jigolo” 2002 yili katta ekranlarga chiqarilgan.

54 yoshli aktyor shu kungacha 80 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U asosan “Yuzsiz”, “Qoya”, “Farishtalar shahri”, “Millat xazinasi”, “Bashoratgo`y” kabi kinokartinalar orqali mashhurdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1