AsosiyJamiyat

Oliy o`rin sohibiga Prezident sovg`asi - "Lacetti" avtomashinasi topshirildi

'Oliy o`rin sohibiga Prezident sovg`asi - "Lacetti" avtomashinasi topshirildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018»ning Respublika bosqichi bo`lib o`tmoqda.

Ayni daqiqalarda, ya`ni 24 aprel kuni erkaklar o`rtasida o`tkazilgan «O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi o`tkazilyapti.

Azon.uz xabariga ko`ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo`ldoshbek qori Ibrohim o`g`li «O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018»ning mutlaq g`olibi, oliy o`rin sohibi bo`ldi.

Qayd etish kerak, oliy o`rin sohibiga Prezident sovg`asi - "Lacetti" avtomashinasi topshirildi.

Eslatib o`tamiz, yurtimizda birinchi marotaba Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 3 bosqichli Qur`on musobaqasi tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar