AsosiyDunyo

Evrokomissar: Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashmoqda

'Evrokomissar: Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashmoqda'ning rasmi

Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashmoqda, 13 milliondan ziyod aholi yordamga muhtoj, ularning yarmi bolalar.

RIA Novostining yozishicha, Bryusselda o`tkazilayotgan mintaqa va Suriya bo`yicha xalqaro donorlik anjumanida gumanitar yordam va krizis boshqarmasi Evrokomissari Kristos Stilianides shularni ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra Suriyada yana 2 million aholi gumanitar yordam etib borishi qiyin bo`lgan hududlarda yashamoqda.

Kristos Stilianides Evropa Ittifoqining Suriya aholisiga insonparvarlik yordamini tashkil qilish va uning ustuvor yo`nalishlarini belgilashdagi asosiy hamkori mahalliy nodavlat tashkilotlar ekanini ham alohida ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, kecha Bryusselda mintaqa va Suriya bo`yicha xalqaro donorlik anjumani ochildi.

    Boshqa yangiliklar